Joriy yilning 15-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tuman 1-son texnikumida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondidagi adabiyotlar kitobxonlarning talab va istaklaridan kelib chiqib yangilandi. 🗣️Mazkur ishlar talaba-yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Ko‘chma kutubxona fondini kitobxonlar ehtiyojiga mos ravishda yangilash orqali talaba-yoshlarning badiiy adabiyotlar, ilmiy-ma’rifiy asarlar va boshqa zarur manbalardan samarali foydalanishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, mutolaa an’analarini rivojlantirish va kitobga bo‘lgan mehrni kuchaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.