Koʻchma_kutubxona

Joriy yilning 15-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumda tashkil etilgan “Namunaviy ko‘chma kutubxona” adabiyotlari yangilandi. 🗣️ Tadbir davomida ko‘chma kutubxona fondidagi kitoblar yangi adabiyotlarga almashtirilib, talabalar uchun turli janrdagi badiiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar taqdim etildi. Ko‘chma kutubxona adabiyotlarini muntazam yangilab borishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishdan iborat. ✔️ Kitob — bilim manbai, ma’naviyat chirog‘i va kamolot sari yo‘ldir!