Joriy yilning 16-oktabr kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim — faxrim, g‘ururim” mavzusida kitobli ko‘rgazma burchagi tashkil etildi. 🗣️Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi va ma’naviy ahamiyatini keng targ‘ib etish, kitobxonlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat. Ko‘rgazma burchagidan o‘zbek tilining tarixi, rivojlanish bosqichlari, tilshunoslik, adabiyot va ma’naviyatga oid kitoblar, buyuk mutafakkirlarimiz hamda taniqli adiblarimizning asarlari, ona tilimizning sofligini asrash va uni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan adabiyotlar o‘rin oldi.