Davra_suhbati

Joriy yilning 16-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Mirzacho‘l tuman Sport maktabi yoshlari ishtirokida “Til bor ekan — millat barhayot” nomli davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada oshirish, o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rnini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizning ajralmas qismi ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi, uning ravnaqi yo‘lida har bir fuqaroning mas’uliyati, yosh avlodning ona tilini asrab-avaylashi va adabiy til me’yorlariga rioya qilishi muhimligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar tilni asrash, uni sof holda kelajak avlodga yetkazish, kitob mutolaasi orqali so‘z boyligini oshirish hamda ona tiliga hurmat ruhida kamol topish yuzasidan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdilar. ✔️Zero, til yashasa — millat yashaydi, til qadrlansa — millat qadrlanadi.