Joriy yilning 19-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida atoqli o‘zbek yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Tarix, taqdir va inson — Odil Yoqubov asarlarida” mavzusida kitob rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. 🗣️ Ko‘rgazmadan yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi hamda xalqimiz ma’naviy merosidan munosib o‘rin olgan asarlariga oid ma’lumotlar va rasmlar o‘rin oldi. Odil Yoqubov o‘z asarlarida tarixiy voqealar, inson taqdiri, ma’naviy qadriyatlar, vijdon va adolat kabi mavzularni mahorat bilan yoritgan. Uning asarlari kitobxonlarni o‘tmishni anglashga, bugungi kunni qadrlashga, insoniylik va ezgulik haqida chuqur mushohada yuritishga undaydi. ✨ Mazkur ko‘rgazma orqali kitobxonlarni adibning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, yosh avlodda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda milliy adabiyotimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsad qilindi. ✔️Kitob — tarixni anglash, insonni tushunish va ma’naviyatni yuksaltirish vositasidir!