Joriy yilning 19-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Ona tilim — faxrim, g‘ururim” nomli kitoblar ko‘rgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi. 🗣️ Mazkur ko‘rgazmadan o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi, ona tilimizning milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizdagi o‘rni, shuningdek, tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga bag‘ishlangan kitoblar hamda adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida o‘quvchilarga ona tilining millat hayotidagi beqiyos ahamiyati, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning sofligini saqlash, nutq madaniyatiga rioya qilish va tilga hurmat bilan munosabatda bo‘lish haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, ona tilimizga oid bilimlarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ✔️ Ona tilini sevish — Vatanga muhabbatning yorqin ifodasidir. Zero, til bor ekan, millat yashaydi, milliy qadriyatlar va ma’naviy meros avlodlardan avlodlarga yetib boradi.