Ko'rgazma

#Koʻrgazma #Bibliografik_sharh 🖥Joriy yilning 20-oktabr kuni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan tuman Madaniyat markazida badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” nomli kitob ko‘rgazmasi hamda bibliografik sharh namoyish etildi. 🗣️​Ko‘rgazmadan o‘zbek tilining tarixi, rivojlanish bosqichlari, uning boy imkoniyatlari va milliy ma’naviyatimizdagi o‘rnini aks ettiruvchi kitoblar, badiiy adabiyotlar hamda turli nashrlar o‘rin oldi. Ushbu adabiyotlar orqali ona tilimizning bebaho meros ekanligi, xalqimizning milliy o‘zligi, urf-odatlari va qadriyatlarini saqlashdagi ahamiyati keng yoritildi. ​Tadbirning asosiy maqsadi — ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish, davlat tilining nufuzini oshirish, aholining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir. ✨​Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! Sen — milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va o‘zligimiz timsolisan!