#Maʼrifat_soati #Bibliografik_sharh 🖥Joriy yilning 20-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida xodimlar ishtirokida atoqli o‘zbek yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Odil Yoqubov asarlari — ma’naviyat va tafakkur ko‘zgusi” mavzusida ma’rifat soati hamda bibliografik sharh tashkil etildi. 📖 Ma’rifat soatidan ko‘zlangan asosiy maqsad — buyuk adibning boy ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, uning asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni o‘rganish, xodimlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida Odil Yoqubovning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Adibning “Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili” kabi mashhur asarlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ushbu asarlarda insoniylik, vijdon, adolat, halollik, ma’naviy poklik va inson taqdiri kabi muhim mavzular yuksak badiiy mahorat bilan yoritilgani ta’kidlandi. 📚 Odil Yoqubovning boy adabiy merosi — xalqimiz ma’naviyatini yuksaltiruvchi, tafakkurini boyituvchi va kelajak avlodni ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi bebaho xazinadir.