#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 20-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-maktab o‘quvchilari ishtirokida “O‘zbek tili — milliy qadriyatimiz” nomli davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida o‘zbek tilining xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, uning boy tarixi, betakror jozibasi hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi. O‘quvchilarga ona tilimizni hurmat qilish, uning sofligini saqlash, nutq madaniyatiga rioya etish va tilimizning boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish zarurligi tushuntirildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, ona tiliga bo‘lgan hurmat va mehr-muhabbatlarini namoyon etdilar. Shuningdek, kitob mutolaasi orqali so‘z boyligini oshirish, ravon va mazmunli so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. ✨Ona tilimiz — millatimiz g‘ururi, ma’naviyatimiz ko‘zgusi va milliy o‘zligimiz timsolidir!