Tanlov

#Tanlov 🖥Joriy yilning 21-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Uyg‘onish” yoshlar adabiy tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi. 🗣️Tanlovda yosh ijodkorlar nazm va nasr yo‘nalishlarida o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda hakamlar hay’ati a’zolari ham qatnashib, ishtirokchilarning ijodiy ishlari, badiiy mahorati, fikrni ifodalash qobiliyati va asarlarining mazmun-mohiyatini baholab bordilar. Mazkur tanlov ona tilimizning boyligi va jozibasini namoyon etish, uning sofligini asrash, yoshlar qalbida milliy qadriyatlar va ona tiliga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish, shuningdek, iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, nazm va nasr yo‘nalishlarida eng yaxshi natija ko‘rsatgan yosh ijodkorlar aniqlandi hamda viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. 📚 Viloyat bosqichiga tavsiya etilgan g‘oliblar: Nazm yo‘nalishi: Parizoda Abduqodirova — “Ipak yo‘li” mahallasi; Nasr yo‘nalishi: Davron Adanov — G‘alaba mahallasi. 🏆 Rag‘batlantiruvchi o‘rin sohibasi: Nazm yo‘nalishi: Feruza Bazarova — 1-maktab o‘quvchisi. Tanlov g‘oliblari va rag‘batlantiruvchi o‘rin sohibasi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. ✨Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va faxrimiz timsolidir!