Maʼnaviy_maʼrifiy_tadbir

Joriy yilning 21-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Toshkent MFY hududida joylashgan DDH chegara qo‘shinlari askarlari ishtirokida “Til — millat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🗣️Tadbir 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘tkazilib, unda ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va boy madaniy merosimizni namoyon etishdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida o‘zbek tilining tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, bugungi kundagi nufuzi hamda ona tilimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga sof holda yetkazishning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, tilga hurmat — millatga hurmat ekanligi, har bir inson o‘z ona tilini qadrlashi va uning ravnaqi yo‘lida mas’uliyatni his etishi lozimligi qayd etildi. Harbiy xizmatchilar bilan o‘tkazilgan mazkur tadbir ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va o‘zligimiz timsolidir! Uni asrash va e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.