2026-yil 22-oktabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Mirzacho‘l tuman Kengashi tashabbusi bilan partiya tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan uch avlod vakillari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi. 🗣️Bellashuvda partiya safida uzoq yillar mehnat qilgan nuroniylar, o‘rta avlod vakillari — o‘qituvchilar hamda yosh avlod vakillari — o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 18-umumta’lim maktabining “Ziyolilar” jamoasi birinchi, shu maktabning o‘qituvchilardan iborat “Bilimdonlar” jamoasi ikkinchi, 1-sonli texnikumning “Yuksalish” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar va faol ishtirokchilar partiyaning diplomlari hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir doirasida yoshlarning partiya faoliyatiga qiziqishini oshirish, ularni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol jalb etishga ham alohida e’tibor qaratildi. Partiya safiga qo‘shilgan yoshlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolik biletlari bilan taqdirlandi.