Maʼrifat_soati

Joriy yilning 23-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Oliyjanoblik — go‘zal fazilat” mavzusida ma’rifat soati tashkil etildi. 🗣️Ma’rifat soatidan ko‘zlangan asosiy maqsad insonlar qalbida ezgulik, mehr-oqibat, samimiylik, halollik, kamtarlik va insonparvarlik kabi yuksak fazilatlarni shakllantirish, oliyjanoblikning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida oliyjanoblik insonning ma’naviy qiyofasini belgilovchi eng go‘zal fazilatlardan biri ekanligi ta’kidlandi. Oliyjanob inson o‘zining odobi, samimiy muomalasi, mehribonligi, boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi hamda ezgu ishlari bilan ajralib turishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, insonlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, muhtojlarga yordam berish, atrofdagilarga yaxshilik qilish kabi qadriyatlarning ahamiyati alohida qayd etildi. Xodimlar bilan mavzu yuzasidan fikr almashilib, kundalik hayotda oliyjanoblik va insoniylik tamoyillariga amal qilishning ahamiyati muhokama qilindi. Ma’rifat soati ishtirokchilarda yuksak ma’naviy fazilatlarni yanada rivojlantirish, jamoada samimiy muhitni mustahkamlash va ezgu amallarga intilishni kuchaytirishga xizmat qildi. ✔️Zero, oliyjanoblik — insonning bezagi, ezgulik esa qalbning eng go‘zal ifodasidir!