Mahorat_darsi

2026-yil 23-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan markaz xodimlari uchun “Sun’iy intellekt — zamonaviy kutubxonachining yordamchisi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 🗣️Mahorat darsining asosiy maqsadi kutubxona xodimlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kutubxona faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulot davomida sun’iy intellektning imkoniyatlari, undan axborot izlash, matnlar tayyorlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, taqdimotlar yaratish hamda bibliografik faoliyatni takomillashtirishda foydalanish usullari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishda axborotlarning ishonchliligini tekshirish, ma’lumotlarga tanqidiy yondashish va ulardan mas’uliyat bilan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.