Koʻrgazma

Joriy yilning 23-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikum talaba yoshlari ishtirokida “Kitob — bilimlar xazinasi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmadan o‘rin olgan turli yo‘nalishdagi badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar talaba yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Tadbir davomida yoshlar kitoblarning mazmuni va ahamiyati bilan tanishib, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni haqida tushunchalarini boyitdilar.