Maʼrifat_soati

#Ma'rifat_soati Joriy yilning 26-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari o‘rtasida “Jamiyat barqarorligiga tahdid” shiori ostida korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning vazifamiz” mavzusida ma’rifat soati tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti, xalq farovonligi va davlat ravnaqiga salbiy ta’siri, uning oldini olish, halollik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, har bir xodim o‘z faoliyatida halollik, vijdonlilik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi, korrupsiyaviy holatlarga befarq bo‘lmasligi lozimligi ta’kidlandi. Ma’rifat soati davomida o‘zbek kinosining “Imtihon” filmidan videolavha namoyish etildi. Videolavha orqali ishtirokchilarga halollik va vijdon, to‘g‘ri qaror qabul qilish, adolatni qadrlash hamda har qanday vaziyatda qonuniylikka rioya etishning ahamiyati yana bir bor eslatildi.