Ko'rgazma

#Koʻrgazma #Bibliografik_sharh 📚Joriy yilning 27-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan G‘alaba MFY binosida “Xonadonlarga kirib borayotgan ma’rifat” mavzusida kitob ko‘rgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi. 🗣️​Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishdan iborat. ​Tadbirlar davomida turli janrlardagi badiiy adabiyotlar, ma’rifiy asarlar hamda kitobxonlar uchun qiziqarli bo‘lgan boshqa kitoblar namoyish etildi. Kutubxona xodimlari tomonidan ishtirokchilarga kitob mutolaasining inson tafakkurini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy kamolotga erishishdagi beqiyos ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. ​Shuningdek, fuqarolarga bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, farzandlarni yoshligidan kitob o‘qishga qiziqtirish hamda mutolaani kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish yuzasidan foydali tavsiyalar berib o‘tildi.