2026-yil 27-oktabr kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-son texnikumda «Kitobxon ona va bola» loyihasi doirasida «Ona va bola salomatligi — millat boyligi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi ona va bola salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda yosh avlodni ma’nan yetuk, bilimli va barkamol etib tarbiyalashda kitobning ahamiyatini keng yoritishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni, bolalarda yoshligidan kitobga mehr uyg‘otish, oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish hamda sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.