Zakovat

2026-yil 28-oktabr kuni Mirzacho‘l tumani аxborot-kutubxona markazi tomonidan 1-son texnikumda kitobxon onalar ishtirokida «Nima? Qayerda? Qachon?» nomli «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi yosh kitobxon onalarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishdan iborat. Intellektual o‘yin davomida yosh kitobxon onalar turli mavzulardagi savollar orqali o‘z bilimlari, zukkoligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.