Mehr va e’tibor – ezgulikning eng go‘zal namunasidir. 📆Joriy yilning 30-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan G‘alaba MFY hududida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqaro Sherali Davlatovga kutubxona xizmati ko‘rsatildi. 🗣️Tashrif davomida Sherali Davlatovning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi va adabiyotga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, unga kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi hamda kerakli adabiyotlar taqdim etildi. Mazkur ezgu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining barcha qatlamlariga, jumladan, imkoniyati cheklangan fuqarolarga ham axborot-kutubxona xizmatlarini manzilli yetkazish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdan iborat. ✔️Zero, kitobxonlik uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Kitob – inson qalbiga nur, tafakkuriga qanot bag‘ishlaydigan bebaho ma’naviy boylikdir!