Davra_suhbati Bibliografik_sharh

Joriy yilning 30-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Nuroniylar jamiyati binosida nuroniylar ishtirokida buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz merosiga bag‘ishlangan “Ma'rifat yo‘lida jon fido etgan jadidlar” mavzusida davra suhbati hamda bibliografik sharh tashkil etildi. 🗣️​Tadbirda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy kabi fidoiy ma’rifatparvarlarimizning hayot yo‘li, ularning boy ilmiy-adabiy merosi hamda millat milliy o‘zligini anglash yo‘lidagi xizmatlari xususida atroflicha so‘z yuritildi. ​Uchrashuv davomida nuroniylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, jadidchilik harakati namoyandalarining mashaqqatli mehnati va ular qoldirgan o‘lmas meros haqida samimiy fikr-mulohaza bildirdilar. Shuningdek, yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish hamda ularning ongida tarixiy xotirani shakllantirishda nuroniylarning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi.