SHE’RIYATGA EHTIROM — SHOIR IJODIGA E’TIROF! 📚Joriy yilning 30-oktabr Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tavallud kuni munosabati bilan "Sheriyatning dilbar kuychisi-Sirojiddin Sayyid" nomli kitob rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmadan shoirning hayoti va ijodiy faoliyati, she’riy to‘plamlari hamda adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi kitoblar va rasmlar o‘rin oldi. Tadbir davomida kitobxonlarga Sirojiddin Sayyidning betakror she’riyati, ona Vatan, insoniylik, mehr-muhabbat va ezgulikni tarannum etuvchi ijodi haqida ma’lumotlar berildi. Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad kitobxonlar o‘rtasida milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, yosh avlodni she’riyatga oshno etish hamda buyuk ijodkorlar merosini keng targ‘ib qilishdan iborat. Zero, she’riyat — qalblarni ezgulikka chorlovchi ma’naviyat chirogidir