Joriy yilning 2-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rnini targ‘ib etish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi doirasida kitob targ‘iboti tashkil etildi. 🗣️Targ‘ibot davomida aholiga kitob o‘qishning inson tafakkurini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy olamini yuksaltirish va bilimlarini mustahkamlashdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, kitobxonlikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va yosh avlodni mutolaaga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi orqali har bir insonni kitob bilan do‘st bo‘lishga, mutolaa uchun vaqt ajratishga va kitobdan olgan bilimlarini hayotda qo‘llashga undash ko‘zda tutilgan. Zero, kitob — bilim manbai, tafakkur chirog‘i va ma’naviyat ko‘zgusidir. Kitobxon insonning dunyoqarashi keng, fikri teran va kelajakka intilishi yuksak bo‘ladi.