Davra suhbati

#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 3-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Mirzacho'l tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda Mustaqillik MFY hududida joylashgan 1-umumta’lim maktabida “Ma’rifat ulashib” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida aholiga ma’naviyat va ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyati, milliy qadriyatlarimiz, odob-axloq hamda ezgu fazilatlarning ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi. Suhbat jarayonida kitob mutolaasining fuqarolar dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ma’naviy kamolotga erishishdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, fuqarolar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.