Joriy yilning 3-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Yangidala" mahallasi hududida joylashgan 8- umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun xalqimizning atoqli davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludi munosabati bilan «Sharof Rashidov — xalq qalbida yashagan siymo» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmadan Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati, boy adabiy merosi, ijodiy faoliyati hamda xalqimiz tarixida tutgan o‘rnini yorituvchi kitoblar va adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida o‘quvchilarga Sharof Rashidovning hayot yo‘li, davlat arbobi va yozuvchi sifatidagi faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uning asarlari, tarixiy merosi va ibratli hayoti haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yosh avlodni tariximiz va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodini chuqur o‘rganishga undash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdan iborat boʻldi.