Joriy yilning 3-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Yangidala" MFY hududidagi 8-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida xalqimizning atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlab "Sharof Rashidov — Vatanga sadoqat va xalqqa xizmat namunasi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida o‘quvchilarga Sharof Rashidovning hayoti va serqirra faoliyati, davlat va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, xalqimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uning adabiy merosi, ijodiy faoliyati, asarlarida ilgari surilgan vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va ezgulik kabi yuksak fazilatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.