Joriy yilning 3-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Gulzor” mahallasida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Kitobsevar mahalla — farovon kelajak” mavzusida kitob targ‘iboti tashkil etildi. 🗣️Targ‘ibot davomida aholiga turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi. Kitob mutolaasining inson dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini boyitish, ma’naviy kamolotga erishishdagi ahamiyati haqida suhbatlar olib borildi. Shuningdek, aholi vakillariga kitob o‘qishning afzalliklari, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish va yosh avlodni mutolaaga oshno etish borasida tavsiyalar berildi.