Joriy yilning 4-noyabr kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazida yoshlar ishtirokida “Adib asarlari — ma’naviyat ko‘zgusida: Sharof Rashidov” mavzusida kitobxonlik kvesti tashkil etildi. 🗣️Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni milliy adabiyotimizning nodir namunalari bilan yaqindan tanishtirish, buyuk adib va davlat arbobi Sharof Rashidovning hayoti hamda ijodiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi. Kvest davomida ishtirokchilar adibning hayoti va ijodi, uning asarlari mazmun-mohiyati yuzasidan turli savol va topshiriqlarni bajarib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Shuningdek, Sharof Rashidovning adabiy merosi, asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, vatanparvarlik, ezgulik va mehnatsevarlik kabi yuksak fazilatlar haqida fikr almashildi.