#Viktorina_oʻyinlari 📚Joriy yilning 4-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar o‘rtasida taniqli davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlab “Sharof Rashidov ijodini bilasizmi?” mavzusida savol-javob viktorina o‘yini tashkil etildi. 🗣️ Tadbir davomida yosh kitobxonlarga Sharof Rashidovning hayoti, faoliyati, boy ijodiy merosi hamda o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘rtasida qiziqarli savol-javoblar, bilimlarni sinovdan o‘tkazuvchi turli topshiriqlar tashkil etildi. Viktorina davomida yoshlar adibning hayoti va ijodiga oid bilimlarini namoyon etib, o‘zaro fikr almashdilar. Berilgan savollarga javob topish orqali Sharof Rashidovning adabiy merosi, asarlari va hayot yo‘li haqidagi bilimlarini yanada boyitdilar. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga hurmat va mehr uyg‘otish, buyuk ijodkorlarimiz hayoti hamda merosini chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.