Uchrashuv

#Uchrashuv 📚Joriy yilning 4-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kelajak markazi” binosida o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirokida atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlangan “Inson qadri, vatan sadoqati va elga xizmat” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 🗣️Uchrashuv davomida Sharof Rashidovning sermazmun hayot yo‘li, davlat va jamiyat ravnaqi yo‘lidagi faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi hamda boy ijodiy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, adibning asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, vatanparvarlik, fidoyilik, xalq manfaatlariga xizmat qilish kabi ezgu g‘oyalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Uning hayoti va faoliyati yosh avlod uchun ibrat maktabi ekanligi alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, adibning hayoti va ijodiga oid bilimlarini yanada boyitdilar.