Targʻibot

Joriy yilning 4-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yangidala” mahallasida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Kitobsevar mahalla — farovon kelajak” mavzusida kitob targ‘iboti tashkil etildi. 🗣️Targ‘ibot davomida aholiga turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar tanishtirildi. Kitob mutolaasining inson tafakkurini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy kamolotga erishishdagi o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, aholi vakillari bilan kitobxonlikni oiladan boshlash, yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish hamda mahallalarda mutolaa muhitini shakllantirish yuzasidan suhbatlar olib borildi.