Uchrashuv

🖥Joriy yilning 5-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Erjar mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla aholisi ishtirokida “Sharof Rashidov zamondoshlari xotirasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. 🗣️Uchrashuv davomida atoqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalqining faxrli farzandi Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati, xalqimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari, boy tarixiy merosi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan Sharof Rashidov haqidagi xotiralar, hayotiy taassurotlar va qiziqarli fikrlar bilan o‘rtoqlashildi. Uning xalqimiz xotirasida qoldirgan o‘chmas izi, ezgu ishlari va ibratli hayot yo‘li alohida ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar yosh avlodni tarixiy xotiraga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va ajdodlar merosini qadrlash ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.