🖥Joriy yilning 5-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan G'alaba mahalla fuqarolar yig‘ini binosida “Kitobsevar mahalla — farovon kelajak” mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi. 🗣️Tadbir davomida mahalla aholisi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yosh avlodni bilimli, ma’naviyatli va keng dunyoqarashli insonlar etib tarbiyalash borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, mutolaaning tafakkur va dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✨Zero, kitobxon mahalla — ma’rifatli jamiyat, ma’rifatli jamiyat esa farovon kelajak poydevoridir!