Ko'rgazma

#Koʻrgazma 🖥2026-yil 6-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlab “Sharof Rashidov – xalq xotirasida abadiy” mavzusida rasmli kitob ko‘rgazmasi burchagi tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmadan Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati, sermazmun ijodiy merosi, davlat va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi kitoblar, fotosuratlar hamda turli bibliografik materiallar o‘rin oldi. Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad — buyuk siymoning hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, uning boy ma’naviy merosini asrab-avaylash hamda xalq xotirasidagi munosib o‘rnini yoritishdan iborat.