Davra suhbati

#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 3-maktab o‘quvchilari ishtirokida taniqli davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludiga bag‘ishlab "Sharof Rashidov — xalq xotirasida mangu yashaydigan siymo" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Davra suhbatida Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati, davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uning sermazmun hayot yo‘li, ijodiy merosi, asarlarida aks etgan insoniylik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va ezgulik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilarga adibning hayoti va ijodiga oid kitoblar tanishtirilib, uning asarlarini mutolaa qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda Sharof Rashidov hayoti va ijodiga oid fikr-mulohazalarini bildirdilar.