#Targʻibot 🖥Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston MFY hududida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon mahalla — farovon kelajak” mavzusida kitoblar targ‘iboti tashkil etildi. 🗣️Targ‘ibot davomida mahalla aholisi kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, kitob o‘qish orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish, yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash borasida zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, aholiga turli janrdagi badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar va ma’rifiy kitoblar tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati haqida suhbatlar olib borildi.