Sayohat

#Sayohat 🖥Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Ipak Yo‘li MFY hududida joylashgan 4-maktab o‘quvchilari ishtirokida maroqli sayohat tashkil etildi. 🗣️Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonaning faol kitobxonlar burchagi, ma’naviyat burchagi hamda boy kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona xodimlari tomonidan o‘quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlik madaniyati, kitoblardan foydalanish tartibi va mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Kitob — bilim manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir! 📖