Davra suhbati

#Targʻibot 🖥Joriy yilning 9-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik MFY aholisi o‘rtasida “Kitobsevar mahalla — farovon kelajak” mavzusida kitob targ‘iboti tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida aholiga kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati, uning dunyoqarashni kengaytirish, bilim va tafakkurni yuksaltirishdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, turli janrdagi badiiy adabiyotlar targ‘ib qilinib, aholi vakillariga kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, oilalarda mutolaa muhitini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Targ‘ibot davomida fuqarolarni kitob o‘qishga jalb etish, mahallalarda kitobxonlik muhitini kengaytirish hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash muhim vazifa ekanligi alohida takidlandi.