#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 9-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Kelajak” markazi o‘quvchilari ishtirokida “Bir adib haqida suhbat” loyihasi doirasida o‘zbek bolalar adabiyotining taniqli vakili, betakror iste’dod sohibi Anvar Obidjon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Hazil ortiga yashiringan haqiqat: Anvar Obidjon bilan adabiy suhbat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida o‘quvchilarga Anvar Obidjonning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, o‘zbek bolalar adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Adibning she’rlari, hikoyalari va hajviy asarlarida aks etgan samimiy yumor, teran fikr, hayotiy haqiqat hamda tarbiyaviy g‘oyalar haqida suhbat olib borildi. Shuningdek, yozuvchining bolalar qalbiga yaqin, qiziqarli va mazmunli asarlaridan namunalar o‘qib eshittirildi. O‘quvchilar adib ijodi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, savol-javoblarda faol ishtirok etdilar. 📖 Kitob — tafakkur chirog‘i, mutolaa esa ma’naviyat sari yo‘ldir!