Davra suhbati

#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 9-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 4-maktab o‘qituvchi hamda o'quvchilari ishtirokida “Kitobxon yoshlar — millat faxri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Davra suhbati davomida kitobxonlarga kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni yuksaltirishdagi ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitobxonlar bilan kitob o‘qishning foydalari, sevimli asarlari va sevimli adiblari haqida qiziqarli suhbat olib borildi. Faol ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. ✨Zero, kitobxon yoshlar — yurt kelajagi, millat faxri va taraqqiyot poydevoridir!