#Targʻibot 🖥Joriy yilning 10-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mustaqillik MFY aholisi o‘rtasida “Kitobxon mahalla — farovon kelajak” mavzusida kitob targ‘iboti tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobning inson ma’naviy kamolotidagi beqiyos o‘rnini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Targ‘ibot davomida mahalla aholisi bilan kitob o‘qishning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy olamini boyitishdagi ahamiyati haqida suhbatlar olib borildi. Shuningdek, badiiy adabiyotlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berilib, kitobxonlarga mutolaa uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar tanishtirildi. ✨Zero, kitobsevar mahalla — ma’naviyati yuksak, dunyoqarashi keng va kelajakka intiluvchan jamiyat poydevoridir.