#Sayohat 🖥Joriy yilning 10-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 6-maktab o'qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab tanishtiruv sayohati tashkil etildi. 🗣️Sayohat davomida kitobxonlar kutubxonaning faol kitobxonlar burchagi, ma’naviyat burchagi hamda kutubxona fondi bilan yaqindan tanishdilar. Ularga kutubxonadan foydalanish tartibi, mavjud adabiyotlar, kitoblarni tanlash va mutolaa qilishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitobxonlarda kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va kutubxonaga qiziqish uyg‘otishga alohida e’tibor qaratildi. ✨Kitob — bilim manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir!