Targ'ibot

#Targʻibot 📚Joriy yilning 11-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Toshkent mahallasi aholisi o‘rtasida “Kitobsevar mahalla — farovon kelajak” mavzusida kitob targ‘iboti tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida aholiga kitobxonlikning inson ma’naviyati, dunyoqarashi va tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, badiiy adabiyotlarning inson tarbiyasi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni, kitob mutolaasining foydali jihatlari haqida suhbat olib borildi. Targ‘ibot jarayonida turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlar aholi e’tiboriga havola etilib, kitobxonlik madaniyatini oilalarda va mahallalarda keng targ‘ib qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ushbu targ‘ibotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda mahallalarda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirishdan iborat.