#Koʻchma_kutubxona 🖥Joriy yilning 11-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Paxtazor MFY hududidagi 9-umumta’lim maktabida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondidagi adabiyotlar yangilariga almashtirildi hamda sayyor kutubxona tadbiri tashkil etildi. 🗣️Tadbir davomida o‘quvchilar uchun turli janrdagi badiiy adabiyotlar, bolalar adabiyoti, ilmiy-ommabop kitoblar va ma’naviy-ma’rifiy asarlar taqdim etildi. Kutubxona xodimlari tomonidan o‘quvchilarga kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati, kitob o‘qish orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.