#Koʻrgazma 🖥Joriy yilning 11-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Gulzor MFY hududidagi 19-maktab o‘quvchilari uchun “Adabiyot — inson ruhiyatining ko‘zgusi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmadan o‘zbek adabiyotining nodir namunalari, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni tarannum etuvchi badiiy asarlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari hamda taniqli o‘zbek adib va shoirlarining asarlari o‘rin oldi. Tadbir davomida o‘quvchilarga adabiyotning inson ma’naviy olamini boyitish, milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosini qadrlash va yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishdagi beqiyos ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Ayniqsa, milliy adabiyotimizda aks etgan xalqimizning boy tarixi, betakror urf-odatlari, oilaviy qadriyatlari, mehr-oqibat, insonparvarlik va vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. O‘quvchilarga har bir kitob millatning ma’naviy xazinasi, har bir asar esa xalqning tarixi, orzu-umidlari va hayotiy tajribasini aks ettiruvchi bebaho meros ekanligi ta’kidlandi.