Targ'ibot

Joriy yilning 12-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzadala MFY aholisi o'rtasida “Kitobsevar mahalla — farovon kelajak” mavzusida kitob targ‘iboti tashkil etildi. 🖥Tadbirning asosiy maqsadi mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kitobning inson ma’naviy kamolotidagi beqiyos o‘rnini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Targ'ibot davomida kitobxonlikning inson dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, oilalarda kitobxonlik muhitini shakllantirish, yosh avlodni mutolaa madaniyati ruhida tarbiyalash hamda mahallada kitobxonlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.