Koʻchma_kutubxona

Joriy yilning 12-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Mirzacho‘l 1-son texnikumida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi hamda bibliografik sharh tashkil etildi. 🗣️Yangilangan kitoblar fondi turli yo‘nalishdagi badiiy, ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitildi. Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat. Ko‘chma kutubxona xizmati orqali yoshlarning kitobga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, ularga zarur adabiyotlardan foydalanish imkoniyatini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. ✨Zero, kitob — bilim manbai, ma’naviyat va kamolot sari eltuvchi bebaho xazinadir!