Zakovat

Joriy yilning 12-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Jadidlar izidan” klubi a’zolari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tarixiy bilimlarini mustahkamlash hamda jadid bobolarimizning hayoti, faoliyati va boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. O‘yin davomida ishtirokchilarga jadidchilik harakati, adabiyot, tarix, ma’naviyat va ma’rifatga oid qiziqarli savollar berildi. Klub a’zolari o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, savollarga tezkorlik bilan javob berishga harakat qildilar. Mazkur intellektual bellashuv yoshlar o‘rtasida bilim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va jadidlar merosini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.