Koʻchma kutubxona

Joriy yilning 13- noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Gulzor mahallasidagi 19-maktabda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi. 🗣️Tadbir davomida ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan yangilanib, o‘quvchilarning badiiy kitoblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kitobxonlikka keng jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. Kitoblar almashinuvi orqali o‘quvchilarga yangi asarlarni mutolaa qilish, bilim va dunyoqarashlarini boyitish uchun keng imkoniyat yaratildi.