Joriy yilning 13-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan G‘alaba MFYda joylashgan 10-maktabda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi aholining, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda mutolaa orqali ma’naviy dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi. Ma’rifat targ‘ibotchilari kitobning inson hayotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni yuksaltirishdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritdilar. ✨Kitob bilan do‘stlashgan avlod — ma’rifatli kelajak bunyodkoridir!